“Vatan, qalblardasan, qarog‘lardasan!”

Date:

Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida iste’dodli shoir, publitsist va tarjimon Mirzo Kenjabek tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan, qalblardasan, qarog‘lardasan!” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ruhda tashkil etilgan tadbirda adibning hayot yo‘li, serqirra ijodi hamda milliy tafakkur va ma’rifatni targ‘ib etishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Talaba-yoshlar shoir she’rlaridan namunalarni ifodali o‘qib, kechaga badiiy ruh bag‘ishladilar.

Ayniqsa, buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad Termiziy siymosiga bag‘ishlangan “Ona rizosi” she’rining sahnalashtirilishi tomoshabinlarda chuqur ta’sir uyg‘otdi.

Mazkur adabiy kecha yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va ma’naviy poklik g‘oyalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat ko‘rsatkichi muhim

Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilimini tashqi diagnostikadan o‘tkazish...

Yoshlar fikri islohotlar markazida

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar...

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...
KunTun
KunTun