Ilmiy yondashuv asosida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrifi davomida aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Angor tumanining “Yangiobod” mahallasida kollektorni zamonaviy va ilmiy yondashuv asosida yopish hamda hududda yangi loyihalarni amalga oshirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Jarqo‘rg‘on tumanida esa eko bozor qurilishiga start berilib, savdo va maishiy xizmat nuqtalari, istirohat bog‘i, dam olish maskani va transport-logistika markazi loyihalari taqdim etildi.

Taqdimotlar yakunida loyihalarni takomillashtirish, bo‘sh maydonlarni auksionga chiqarish va salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy yondashuv asosida

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlariga...

O‘rmon yerlari ijaraga beriladi

Yangi qonunga muvofiq, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlariga o‘rmon fondining...

Lyuks poyezd yo‘lga qo‘yiladi

Britaniyaning Golden Eagle Luxury Trains turoperatori Pekin–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha...

Talabalar traktorchi va agrodron mutaxassisligiga o‘qitiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni...
KunTun
KunTun