Navoiy merosiga ehtirom

Date:

Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Denov tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, g‘azalxonlik kechasi hamda bobokalonimiz haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Denov tumani hokimi Anvar Normamatov ishtirok etdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi, uning milliy adabiyotimiz, tilimiz va ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar Navoiy asarlari bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va komillik ruhida tarbiyalayotganini ta’kidlashdi.

G‘azalxonlik kechasida o‘quvchi-yoshlar va ijodkorlar tomonidan Navoiy g‘azallari yoddan o‘qildi, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Navoiy tavallud kuni arafasida uning haykali o‘rnatilgani chuqur ramziy ma’noga ega bo‘lib, bu ezgu tashabbus ajdodlar merosiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi sifatida e’tirof etildi. Yangi haykal joylashgan maskan yoshlar uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy tarbiya o‘chog‘iga aylanishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...

Bandixonda yangi bunyodkorlik obyekti

Mustaqillik — xalqimizning tinch va farovon hayoti, yurtimizdagi bunyodkorlik...

TerDUda elektromobillar uchun quvvatlash shoxobchasi tashkil etiladi

Termiz davlat universitetida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan samarali foydalanish...

Mustaqillik shukuhi — har bir xonadonda

Mustaqillik — xalqimiz uchun eng ulug‘ ne’mat, tinch va...
KunTun
KunTun