“Dolzarb 10 kunlik” boshlandi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda har yili kuz va bahor mavsumlarida millionlab daraxt ko‘chatlari ekib kelinmoqda. Surxondaryo viloyatida bahor faslining erta kirib kelishi sababli ko‘chat ekish ishlarini qisqa muddatlarda samarali va tizimli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga tumanlar studiyalari ham ulanib, viloyat bo‘ylab jami 750 ming tup daraxt ko‘chatini ekish ishlariga start berildi.

Viloyat rahbari mas’ullar bilan birgalikda ko‘chat ekish ishlarini boshlab berdi hamda bahorgi mavsumda barcha hududlarda ushbu ishlarini jadal va sifatli yakunlash maqsadida “dolzarb 10 kunlik” tadbiri o‘tkazilishini e’lon qildi. Shuningdek, har bir ko‘chatning manzilli ekilishi va doimiy parvarishi uchun aniq mas’ullarni belgilash, ko‘chatlarni hisob uchun emas, balki ularning barqaror daraxtga aylanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun