3 ta tumanga 230 milliard so‘m

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan  shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan iqtisodiy o‘sishga yuqori turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari uchun Respublika byudjeti hisobidan viloyatimizdagi 3 ta tuman uchun 230 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Jumladan, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” maqomi beriladigan Muzrabot tumaniga

100 milliard so‘m,  Qiziriq tumaniga 100 milliard so‘m hamda Denov tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qaroriga asosan ajratilgan 70 milliard so‘mga qo‘shimcha, 2026-yilda 30 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Yuqoridagi qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida har bir tumandan ikkitadan, ya’ni Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalarga aylantirish uchun ishsizlik darajasi — 4,0 foizdan yuqori, kambag‘allik darajasi — 5 foizdan yuqori, kambag‘al oilalar soni — 30 tadan ortiq bo‘lgan 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini tanlab olindi.

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

— sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

— aholi uy-joylari hamda ijtimoiy soha obyektlarini yashil tamoyillar asosida qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;

— ichimlik suvi va issiqlik ta’minotida resurs tejovchi infratuzilmani jadal rivojlantirish;

— ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari va veloyo‘laklar hamda aholi gavjum maskanlarni obod qilish yoki tashkil etish;

— ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish.

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasidagi loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun tegishli boshqarma va tuman hokimliklari bilan birgalikda manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, viloyatda tanlab olingan 30 ta mahallada allaqachon loyihalarni amaliyotga tatbiq etish jarayoni boshlab yuborilgan.

Ibrohim Yoqubov,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi,

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun