Hokim Denovda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi davomida ilgari belgilab berilgan vazifalar ijrosi joyida atroflicha o‘rganildi. Tashrif chog‘ida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash va hudud salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan yangi loyihalar taqdimotlari bilan tanishildi.

Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Loyihalarning amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari muhokama qilindi. Tashrif yakunida tuman rahbarlari va mas’ullarga mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Oldingi sahifaBaraka mehnatda
Keyingi sahifaLoyihalar ijrosi nazoratda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun