Loyihalar ijrosi nazoratda

Date:

Sariosiyo, Denov, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Angor va Termiz tumanlarida aholini zarur infratuzilmaga ega zamonaviy turar joylar bilan ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi mazkur massivda bo‘lib, qurilish ishlari hamda infratuzilma bilan ta’minlash holati bilan tanishdi. Xususan, turar joylarni elektr energiyasi, markazlashgan issiqlik va boshqa kommunal xizmatlar bilan ta’minlash inshootlari o‘rganildi.

Viloyat rahbari mas’ullarning axborotlarini tinglab, elektr va issiqlik ta’minoti loyihalarini sifatli amalga oshirish hamda ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha vazifalar topshirdi. Shundan so‘ng “Makro global stroy” MCHJ tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilgan 7 qavatli, 47 xonadonli turar joyda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududda rejalashtirilayotgan yangi turar joylar, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlik loyihalari taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun