Baraka mehnatda

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Ko‘klam” mahallasida yashovchi Oysoat aya Xolmatova xonadoniga kirgan odam o‘zini go‘yo tropik mamlakatga tushib qolgandek his qiladi. Balandligi 3,5–4 metrga yetgan bananzorlar, turli foydali mevalar yetishtirilayotgan issiqxona har kimning bahri dilini ochadi.

82 yoshni qarshi olgan Oysoat aya bugun ham mehnatdan chetda emas. U kishi o‘z xonadonidagi issiqxonada oilasi bilan birgalikda tinimsiz mehnat qilib, mo‘l hosil olayotganidan faxrlanadi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlarning barchasi ekologik toza bo‘lib, inson salomatligi uchun nihoyatda foydali.

— Issiqxonamizdagi mahsulotlar sog‘liq uchun davo, — deydi Oysoat aya. — Birgina po‘stlog‘i bilan iste’mol qilinadigan qumquvvat mevasi qon bosimi oshganda, bosh og‘riganda juda foydali. Uni muntazam iste’mol qilish organizmni tetiklashtiradi.

Yuzidan nur yog‘ilib turgan, mehnatga mehr qo‘ygan Oysoat aya har kuni erta tongda issiqxonani aylanib chiqishini odat qilgan. Bu nafaqat jismoniy faollik, balki ruhiy tetiklik manbayi hamdir.

— Har kuni issiqxonani bir aylanib chiqsam, kun davomida o‘zimni yengil his qilaman, kayfiyatim ko‘tariladi, — deydi u mamnuniyat bilan. — Bu yerda oilaviy mehnat qilamiz. Olingan daromad esa orzu-havaslarimizning ijobati uchun xizmat qilmoqda. Oysoat aya Xolmatovaning tashabbusi kichik xonadon sharoitida ham samarali mehnat qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va eng muhimi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish mumkinligini yaqqol namoyon etadi. Bu tashabbus yoshlar uchun ham, katta avlod vakillari uchun ham chinakam ibrat maktabidir.

Oldingi sahifaUstoz 100 yoshda
Keyingi sahifaHokim Denovda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun