“Beruniy”da xavfsiz va zamonaviy shahar muhiti ta’minlanadi

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida tuman markazidagi markaziy ko‘cha bo‘ylab infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tashrif jarayonida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududni namunali ko‘chaga aylantirish hamda shaharsozlik qiyofasini zamonaviy talablar asosida tubdan yangilash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida tuman markazining Beruniy ko‘chasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, yo‘l qoplamasini yangilashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilmoqda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qayta ko‘rib chiqilmoqda hamda ko‘cha infratuzilmasi zamonaviy meyorlar asosida yaxshilanmoqda.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tashqi ko‘rinishini yanada chiroyli va qulay holatga keltirish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar yakunida Beruniy ko‘chasi aholiga qulay, xavfsiz va zamonaviy shahar muhitini ta’minlovchi namunali ko‘chalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ishonch yorliq”lari topshirildi

Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Bolalar...

“Statistika sinflari” ish boshladi

Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari...

Noqonuniy ov fosh etildi

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Muzrabot...

Salomatlik yo‘lida muhim qadam

Mamlakatimizda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va...
KunTun
KunTun