Kitobxonlikni rivojlantirishda yangi davr

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi vasiylik kengashining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatda mutolaa muhitini tubdan yaxshilash va kitobxonlikni ommalashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, 2026-yildan boshlab aholi o‘rtasida yiliga o‘rtacha 10 ta kitob o‘qish maqsadli ko‘rsatkichi joriy etiladi. Bu jarayon yangi tashkil etilgan Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Kitob – ma’rifat manbayi” dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilib, Yoshlar ishlari agentligiga kitoblarni tarjima qilish va nashr etish uchun ajratiladigan yillik mablag‘ 20 milliard so‘mga yetkaziladi. Jamg‘arma hisobidan xorijiy asarlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotimizni esa chet tillariga tarjima qilish xarajatlarining 50 foizi, mualliflik huquqlarini sotib olish xarajatlarining 80 foizi qoplab beriladi. Shuningdek, iste’dodli mualliflar maxsus tanlovlar orqali qo‘llab-quvvatlanib, g‘oliblarga bir yil davomida BHMning 50 baravari miqdorida oylik to‘lov belgilanadi.

Ta’lim tizimida ham mutolaani rag‘batlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. “Jadidlar izidan” klubi orqali maktab o‘quvchilarining yiliga kamida 20 ta kitob o‘qishi qo‘llab-quvvatlansa, “Top 100 kitobxon” dasturi doirasida eng faol o‘quvchi va talabalarga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofotlari beriladi.

Aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida esa jamoat transporti va infratuzilma obyektlarida “Mutolaa” loyihasi orqali elektron va audiokitoblardan bepul foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi. Hududiy dasturlar doirasida esa 330 ta mahalla kutubxonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat idora va tashkilotlarida “Kitob burchaklari” hamda “Kitob o‘qish soatlari” yo‘lga qo‘yilib, eng faol mutolaa qilgan xodimlar bir oylik ish haqi miqdorida mukofotlanadi.

Mazkur tizimli chora-tadbirlar mamlakatda umummilliy kitobxonlik reytingini shakllantirish, aholi intellektual salohiyatini yuksaltirish va ma’rifatli jamiyat barpo etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hisobotdan amaliy natijaga, rejalardan hayotga…

Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida davlat rahbarining parlament va xalqqa...

Ichki yo‘llar rekonstruksiya qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yirik qurilish va...

Elektr ta’minoti loyihasi nazoratda

 “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barqaror infratuzilma bilan ta’minlash doirasida Surxondaryo...

Kitobxonlikni rivojlantirishda yangi davr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitobxonlik...
KunTun
KunTun