Alimentni oldindan to‘ladi

Date:

Denov tumanida ota va ona o‘zaro kelishuv asosida aliment masalasini qonuniy va tinch yo‘l bilan hal etdi. MIB Denov tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra, oilaviy ajrimdan so‘ng 4 yoshli qizaloq onasi qaramog‘ida qolgan bo‘lsa-da, ota farzandi oldidagi mas’uliyatini unutmagan.

Sud qarori bilan belgilangan aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirib kelgan ota keyinchalik sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda aliment mablag‘ini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan. Davlat ijrochilari tomonidan tomonlarga qonun talablari tushuntirilgach, ular 100 million so‘m miqdoridagi alimentni oldindan to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Belgilangan mablag‘ to‘liq to‘lab berilgach, undiruvchi tomon ijro hujjatini qaytarib oldi va qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar qonun doirasida bekor qilindi. Mazkur holat ota-onaning ajrimdan keyin ham farzand manfaatini ustuvor qo‘yib, mas’uliyat va o‘zaro kelishuv asosida muammolarni hal etish mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...
KunTun
KunTun