Oliy ta’limga yo‘l

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda kirish imkonini beruvchi tavsiyanomalar uchun test sinovlari boshlandi. Ushbu jarayon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmatni o‘tab kelgan askarlar uchun ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Joriy yilda test sinovlari Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda o‘tkazilmoqda. Sinovlar askarlarning jangovar, ma’naviy-ma’rifiy hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini xolisona baholash maqsadida tashkil etilgan.

Test jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Savollar umumta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, shuningdek, matematika, fizika va mantiqiy fikrlashni qamrab oladi.

Jami 100 ta savoldan iborat testda ishtirokchilar maksimal 110 ball to‘plash imkoniyatiga ega. Test uchun 3 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, sinovlar 19–23-yanvar kunlari davomida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan askarlarga beriladigan imtiyozli tavsiyanomalar 3 yil muddat davomida amal qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arzon va sifatli

Sho‘rchi tumanida aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib...

Armiya — bilim va kasb maktabi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha...

Hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport...

2,3 ming nafar fuqaroga jihozlar topshirildi

Prezidentimizning aholi bandligini ta’minlash, reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda...
KunTun
KunTun