Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazi “BD MAX” qurilmasi, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan mobil rentgenlar va “GeneXpert” uskunalaridan foydalanib, bemorlarga tezkor va ishonchli tarzda tashxis qo‘ymoqda.
SVVga ko‘ra, dorilarga chidamli tuberkulyozning 6 oylik qisqa davolash kurslari joriy etilgan, bu bemorlarni tezroq sog‘aytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. 2025-yil davomida markazda 12 ta yangi diagnostika va davolash usuli amaliyotga joriy qilingan.
2026-yilda barcha viloyatlarga yana 40 ta sun’iy intellektga asoslangan mobil rentgen uskunalari yetkazilishi va ma’lumotlar yagona elektron reyestrga jamlanishi rejalashtirilgan.

