Uzluksiz elektr ta’minoti tiklandi

Date:

Noqulay ob-havo sharoitlariga qaramasdan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialiga qarashli Boysun tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Sarimast dovoni hududida yuzaga kelgan texnik nosozliklar o‘z vaqtida va tezkorlik bilan bartaraf etildi.

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida sodir bo‘lgan ushbu nosozliklar O‘rta Machay, Yuqori Machay hamda Qizilnavr mahallalarining elektr ta’minotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. Biroq mutaxassislarning fidoyiligi, mas’uliyatli yondashuvi va malakali harakatlari natijasida nosozliklar qisqa fursatda to‘liq bartaraf etilib, hudud aholisi elektr energiyasi bilan uzluksiz ravishda qayta ta’minlandi.

Mazkur ishlar aholi turmush farovonligini ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatining uzluksiz ishlashi hamda sovuq va noqulay ob-havo sharoitida fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Elektr ta’minoti xodimlarining bunday tezkor va mas’uliyatli faoliyati hudud infratuzilmasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun