Obodlik va ozodalik yo‘lida…

Date:

Surxondaryo viloyatida hududlarni yanada obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish maqsadida umumviloyat jamoatchilik hashari davom etmoqda. Ushbu xayrli tashabbus viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan joriy yilning 15-yanvaridan 15-fevraliga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida tashkil etilmoqda.

Hashar doirasida Termiz shahri hamda joylardagi mahallalar, ijtimoiy soha obyektlari, markaziy ko‘chalar va avtomobil yo‘llari bo‘ylarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, atrof-muhitni tozalash, chiqindilarni yig‘ish va belgilangan hududlardan olib chiqish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Mazkur umumxalq tashabbusi yurtimizda yanada ozoda, obod va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimiz umumviloyat jamoatchilik hasharida faol ishtirok etib, Surxon vohasining yanada obod bo‘lishiga munosib hissa qo‘shishga chorlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun