Yo‘l qurilishiga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Muzrabot tumanida muhim infratuzilma loyihasini amalga oshirish ishlariga start berildi. D165 “Jarqo‘rg‘on shahri — Navshahar qishlog‘i — Boldir qishlog‘i — Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 39–50-kilometrlari oralig‘ida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari boshlandi.

Yo‘lni ta’mirlash ishlariga zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlar jalb etilgan bo‘lib, ishlarni tasdiqlangan jadval asosida sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash vazifasi belgilab berildi. Mazkur loyiha aholi va transport vositalari uchun qulayliklar yaratish, harakat xavfsizligini oshirish hamda hududlar o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Jumladan, “Surxondaryo qurilish montaj” MCHJ tomonidan beton va beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi hamda “Yangi Shahar” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan sholi yetishtirish va qayta ishlash loyihalarida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ushbu loyihalar doirasida 1 100 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi loyihalar ijrosini jadallashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun