Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Date:

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik va innovatsion rivojlanishning yangi bosqichiga qat’iy qadam qo‘ymoqda. Yalpi ichki mahsulot hajmining tarixiy jihatdan ilk bor 145 milliard AQSH dollaridan oshgani, eksport salohiyatining sezilarli kengaygani, xorijiy investitsiyalar hajmining ortgani mamlakatda olib borilayotgan ochiq va pragmatik iqtisodiy siyosatning samaradorligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellektga asoslangan sohalarni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi globallashuv sharoitida davlatlarning barqaror rivojlanishi ijtimoiy institutlar samaradorligi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida jamiyat hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu jarayonda Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomalari strategik dasturiy hujjat sifatida alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
“Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir. Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”, — dedi prezident o‘z nutqida.
2026-yilning O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mantiqiy davomi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus jamiyatni isloh qilishda inson omili, mahalla institutining ijtimoiy kapital sifatidagi o‘rni va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuvning amaliy ifodasidir. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida iqtisodiyot tubdan yangilanib, bozor mexanizmlari mustahkamlandi, ijtimoiy himoya tizimi kengaydi va qonun ustuvorligi hayotiy mezonga aylandi. Eng muhimi, bu islohotlar bevosita har bir mahalla, har bir xonadon, har bir inson hayotida real natijalar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Prezident Murojaatnomasida mahalla infratuzilmasini kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi ijtimoiy barqarorlik va adolatli rivojlanishning muhim omili sifatida baholanishi lozim. Mahallaning ijtimoiy boshqaruvdagi o‘rni kuchaytirilishi, byudjet vakolatlarining joylarga berilishi, kambag‘allikni qisqartirishning manzilli mexanizmlarini joriy etish orqali jamiyatni “pastdan yuqoriga” isloh qilish modeli shakllanmoqda. Natijada, millionlab aholi doimiy daromad manbayiga ega bo‘lib, kambag‘allik darajasi keskin kamaydi, “kambag‘allikdan xoli” mahallalar paydo bo‘ldi.
Ta’lim, fan, sport va yoshlar siyosatidagi yutuqlar Yangi O‘zbekistonning inson kapitaliga tayanayotgan taraqqiyot modelini yaqqol ko‘rsatmoqda. O‘quvchi va talabalarning xalqaro fan olimpiadalaridagi muvaffaqiyatlari, sportchilarimizning jahon miqyosidagi g‘alabalari, yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqalar va forumlar o‘tkazilayotgani mamlakatning global nufuzini mustahkamlamoqda. Shu bilan birga, kasb-hunar ta’limi, “dual ta’lim” tizimi va mehnat bozori arxitekturasini yangilash bo‘yicha belgilangan vazifalar yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashiga va iqtisodiyotning real sektoriga tez integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar jamiyat va davlat rivojini uyg‘unlashtirgan holda, iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat va inson farovonligini ta’minlashga qaratilgan puxta ilmiy-amaliy asosga ega strategiya ekanini namoyon etadi. “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” nafaqat navbatdagi siyosiy tashabbus, balki Yangi O‘zbekistonning barqaror, innovatsion va ijtimoiy yo‘naltirilgan taraqqiyot modelini mustahkamlovchi muhim bosqich sifatida tarixga kirishi shubhasiz.

Husniddin Ahmedov,
Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Absalom Xo‘janazarov,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun