Ishlar qizg‘in tus oldi

Date:

Sariosiyo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ayni kunlarda tuman hududlarida hamisha bahor hamda turli manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in tus olgan.

Xususan, obodonlashtirish ishlari doirasida M41 avtomobil yo‘li bo‘ylarida hamda “Yangi O‘zbekiston” massivi yo‘l chetlaridagi bo‘sh maydonlarda manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda. Ekilgan ko‘chatlarni doimiy sug‘orish, parvarishlash va ularning yashab ketishini ta’minlash bo‘yicha ham tizimli ishlar rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirlar hudud ekologiyasini yaxshilash, aholi uchun qulay va ko‘rkam muhit yaratish, shuningdek, yashil hududlar salmog‘ini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun