Nafaqani sug‘urta to‘laydi

Date:

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi ishga tushdi. Ushbu tizim fuqarolarni kasallik, homiladorlik, ishsizlik kabi holatlarda daromadsiz qolib ketishdan himoyalashga qaratilgan bo‘lib, ijtimoiy adolatni kuchaytirish va kambag‘allik xavfini kamaytirishni maqsad qiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, nafaqalar endilikda ish beruvchilar emas, balki Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali to‘lanadi. Bu davlat va xususiy sektorda ishlovchilar uchun teng ijtimoiy kafolatlarni ta’minlaydi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi 2026-yil 1-yanvardan, kasallik nafaqasi 1-iyuldan, ishdan bo‘shatish nafaqasi esa 2030-yildan joriy etiladi.

Tizim mehnat shartnomasi asosida ishlovchilar, xususiy sektor xodimlari, o‘zini o‘zi band qilganlar, tadbirkorlar va xorijda ishlayotgan fuqarolarni ham qamrab oladi. Rasmiy ishlovchilar majburiy, boshqa toifalar esa ixtiyoriy asosda sug‘urtaga qo‘shiladi.

Eng muhim qulaylik — nafaqalar avtomatik, arizasiz tarzda tayinlanadi. Ma’lumotlar elektron tizimlar orqali tasdiqlanib, fuqaro SMS orqali xabardor qilinadi. Ayniqsa, xususiy sektorda ishlovchi ayollar uchun homiladorlik va tug‘ish nafaqasining kafolatlanishi tizimning muhim yutug‘i hisoblanadi.

Umuman, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, rasmiy bandlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun