8 mingdan ortiq bolaga omonat hisobvaraqlari ochildi

Date:

Prezident topshirig‘iga muvofiq, 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisobvaraqlari ochildi. Har bir hisobvaraqa davlat tomonidan 500 AQSH dollari miqdorida mablag‘ joylashtirildi. Ushbu mablag‘lar kapitalizatsiya asosida yildan yilga jamg‘arilib boradi va bola 18 yoshga to‘lgach, undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Mazkur kartalar orqali imtiyozli transportdan foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish hamda ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish mumkin. Barcha jarayonlar “Baraka” mobil ilovasi orqali shaffof tarzda nazorat qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...
KunTun
KunTun