“Sayrob”ga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Date:

Boysun tumanidagi ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga ega “Sayrob” mahallasiga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi. Mazkur maqomni tasdiqlovchi sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Ming yillik tarixga ega Sayrob mahallasi o‘zining betakror tabiati, milliy urf-odatlari, an’anaviy me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador hudud hisoblanadi.

“Turizm qishlog‘i” maqomining berilishi hududda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir davomida Sayrob mahallasida kelgusida amalga oshiriladigan turizm loyihalari, mehmon uylari faoliyati, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar xususida so‘z yuritildi.

Mazkur tashabbus “Sayrob” mahallasining turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, hududni mamlakatimiz turizm xaritasida yanada mashhur maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun