Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangidan qurilgan zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. Yangi mahalla binosi aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish maqsadida zamonaviy mebel va texnik jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, tegishli tashkilotlar mas’ullari, oqsoqollar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar. Tadbirda ramziy lenta kesilib, mahalla binosida fuqarolar bilan ishlash uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Mazkur loyiha aholining murojaatlarini joyida va tezkor hal etish, mahalla institutining jamiyatdagi rolini kuchaytirish hamda fuqarolarga yanada keng qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida mahalla binosi hududida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...
KunTun
KunTun