Ta’lim taraqqiy etadi

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomani katta qiziqish va faxr bilan tingladim. Mazkur Murojaatnomani tinglar ekanman, darhaqiqat, so‘nggi 9 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi olamshumul ahamiyatga egaligini dildan his etdim.Ha, haqiqatan ham, O‘zbekistonimiz katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, rivojlanayotgan o‘nta davlat qatoriga kirdi — jahon hamjamiyati minbarlarida o‘zining jarangdor ovoziga ega bo‘ldi, buyuk islohotlarni amalga oshirdi va bu bilan o‘zining qanday kuchli qudratga ega ekanligini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan odilona va uzoqni ko‘zlab olib borayotgan ijobiy strategik davlat siyosati dunyo hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilayotganligini hammamiz ko‘rib, bilib turibmiz.

Ushbu murojaatnomada meni quvontirgan va yana bir bor dildan mas’uliyatni his ettirgan muhim bir yo‘nalish borasida to‘xtalganlari, ya’ni ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilgani nafaqat meni, balki ta’lim sohasidagi barcha pedagoglarni quvontirganiga aminman, chunki ta’lim — jamiyat taraqqiyoti, yuksak marralarga erishish uchun muhim poydevor va kelajak avlod salohiyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

Maktabgacha va umumta’lim muassasalarini rivojlantirish, ta’lim tizimini uzviylashtirish va yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, hududlar o‘rtasidagi ta’lim sifati farqlarini kamaytirishga qaratilgan tashabbuslarni muhim deb hisoblaymiz. Shuningdek, keyingi paytlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘laqonli elektron kundalik tizimidan foydalanilishi hamda onlayn tarzdagi summativ baholash sistemasining joriy etilishi biz o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun katta qulaylik yaratganini qayd etish mumkin. Birgina o‘zim faoliyat yuritayotgan maktabda ham buning yaqqol natijasini ko‘rdik. Ya’ni “e-maktab” tizimidan foydalanish darajasi: 100 foizdan o‘quvchilar va ota-onalarning tizimdan foydalanish qamrovi 91 foizni, o‘qituvchilar tomonidan kundalik ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish holati (davomat, baho, topshiriqlar, izohlar) 98 foizni tashkil etdi. Demak, bugun bu jarayon uchun hamma o‘z mas’uliyatini va vazifasini tushunib yetmoqda, shu bilan birga, hamkorlik ko‘rsatkichi ham kundan kunga ortmoqda. Mana shunday ijobiy holatlar samarasi o‘laroq, maktabimizning 105 nafar o‘qituvchilaridan 22 nafari oliy toifali, 18 nafarida xalqaro va milliy sertifikatlar mavjud.

4 nafar ustozimiz ming dollar qiymatida oylik maosh olsa, ularning safdoshlari esa shaffof raqobat bilan harakatda.Shuningdek, 1 450 nafar o‘quvchimizning 38 nafari joriy o‘quv yilida xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishgan. Sport yo‘nalishida ham badiiy gimnastikada 3 nafar, shaxmat va karate yo‘nalishlari bo‘yicha 4 nafar o‘g‘il-qizimiz respublika miqyosida yuqori shohsupalardan joy olishgan. Bular shunchaki raqamlar emas, yaratilayotgan shart-sharoitlar bois erishilayotgan natijalardir.

Prezidentimizning har doim ta’lim sifatini oshirish “bu katta investitsiya va inson kapitali” degan qarashlari ham hayot farovonligiga yanada tez erishish uchun muhim qadam va ayni haqiqatdir. Buning uchun keng va teng imkoniyatlar yaratish masalasiga urg‘u bergani pedagoglar uchun va albatta, xalqimiz uchun quvonarli yangilik bo‘ldi. Shuningdek, Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun grantlar, stipendiyalar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining kengaytirilishi har bir yoshning bilim olish huquqini ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi fikrlari ham juda muhim deb o‘ylayman.

Xulosa qilib aytganda, Murojaatnomada ta’lim sohasiga oid belgilangan vazifa mamlakatimiz kelajagini ta’minlaydigan muhim strategik qadamdir. Men ushbu o‘zgarishlar izchil va samarali amalga oshirilishiga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman. Zero, bizdan farzandlarimizga jahon bilan tenglasha oladigan ozod va obod Vatan qolsin!

Dilbar Normurodova,

Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabi oliy toifali o‘qituvchisi, Xalq deputatlari Termiz Shahar kengashi deputati,

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arzon va sifatli

Sho‘rchi tumanida aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib...

Armiya — bilim va kasb maktabi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha...

Hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport...

2,3 ming nafar fuqaroga jihozlar topshirildi

Prezidentimizning aholi bandligini ta’minlash, reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda...
KunTun
KunTun