Minglab orzularga guvohdir bu kun

Date:

Yangi yil yangi orzu va maqsadlarga eshik ochadi. Kechagi kunidan mamnun holda ertasiga ishonch bilan qadam tashlashga undaydi. Ayniqsa, yangi yilni yangi xonadonda nishonlash taraddudida bo‘lgan-larning quvonchini tasavvur qilish qiyin emas. Axir, yangi xonadon — vatan ichra kichik bir vatan aslida. O‘z vatanini qurgan insonlar har birimizda havas uyg‘otishi aniq.

Termiz shahridagi “Amu sohillari” mahallasida esa bir emas, o‘n emas 31 ta ko‘p qavatli turar joylardagi 620 ta xonadon foydalanishga topshirildi.

“Avto servis xizmati” MCHJ tomonidan barpo etilgan ushbu ko‘p qavatli turar joylar aholini sifatli turar joy bilan ta’minlash dasturi doirasida joriy yilda Surxondaryo viloyatida barpo etilishi belgilangan 9 200 xona-donli turar joylarning bir qismi xolos. Aytish kerakki, yil yakunida loyiha doirasidagi qurilishi yakunlangan uy-joylar bosqichma-bosqich o‘z egalariga topshirilmoqda. “Sohilbo‘yi” massivida qad rostlagan ushbu uy-joylar barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Sharoitlar bilan tanishganning ko‘zi quvnab, ana shunday xonadonlardan birining sohibiga aylanishni orzulashi tayin. Zarur muhandislik kommunikatsiyalari va qulay infratuzilma bilan ta’minlangani esa ushbu uy-joylarga bo‘lgan qiziqishni oshirsa, yangi xonadonlarni imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati esa eng yaxshi imkoniyat deyish mumkin.

Ushbu turarjoy binosining foydalanishga topshirilishi katta tantanaga aylanib ketdi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy qutladi hamda yangi xonadon sohiblariga ezgu tilaklar bildirdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir konsert dasturlari bilan yanada ko‘tarinki kayfiyat kasb etdi, bolajonlarga esa Yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Viloyat rahbari foydalanishga topshirilgan turar joylar atrofidagi hududlardan samarali foydalanish, yangi ko‘chib kelgan aholi bandligini ta’minlash maqsadida ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berdi. Bu esa ushbu xonadonlarda istiqomat qiladiganlar uchun shinam uylarda yashash, munosib hordiq chiqarish bilan birga munosib va maqbul sharoitlarda ishlash imkonini berishi bilan ahamiyatli.

2025-yil viloyatda 156 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga poydevor tashlangan bo‘lsa, hozirgacha ularning yuzga yaqini foydalanishga topshirildi. Olti mingga yaqin oila yangi uy-joyli bo‘ldi. O‘tgan 9 yilda vohada 31 mingta oilaga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy qurilib, aholining turarjoy bilan ta’minlanganlik darajasi qariyb 70 foizga yetdi. Yangi yilda Termiz shahrida yana 3 500 xonadonli 55 ta, Denov tumanida 1 700 xonadonli 25 ta, Qumqo‘rg‘on tumanida 850 xonadonli 15 ta osmono‘par yangi uy barpo etish rejalashtirilgan.

Shu kuni tutash hudud hisoblangan “Jo‘yjangal” mahallasi orqali oqib o‘tuvchi kanal bo‘yida “Termiz qurilish industriya sanoati” MCHJ tomonidan qiymati 6,5 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida barpo etilgan sayilgoh hamda xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi. Mazkur loyihaning ishga tushirilishi natijasida 90 ta yangi ish o‘rni yaratilib, hududda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va shaharsozlik qiyofasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun