Xizmatlar uzluksiz ishlaydi

Date:

Yangi yil bayrami kunlarida aholini energiya va kommunal resurslar bilan barqaror ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida barcha xizmatlar kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib boradi. Bu haqda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Maxsus shtab yig‘ilishida ma’lum qildi.

Yig‘ilishda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi ta’minoti hamda “metan” shoxobchalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Hududiy shtablar navbatchilik asosida faoliyat yuritib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, bayram archalari o‘rnatilgan joylarda jamoat xavfsizligi va tartibni ta’minlash, ommaviy tadbirlarni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha kuch tuzilmalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarimiz xalqaro maydonda

San’atga mehr, tinimsiz izlanish va ijodiy mahorat yosh iste’dodlarni...

Dolzarb vazifalar belgilandi

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hududlarda aholining turmush sharoiti,...

Iste’dodlar e’tibordan chetda qolmasin

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va...

Ma’naviy immunitet — davr talabi

Bugungi globallashuv va shiddatli axborot almashinuvi davrida yoshlarning mustaqil...
KunTun
KunTun