Bayram quvonchi ulashildi

Date:

Yangi yil bayrami arafasida Surxondaryo viloyatida mehr-oqibat va saxovat timsoli bo‘lgan tadbirlar tashkil etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi hamda viloyat onkologiya dispanserida davolanayotgan bolajonlar va bemorlar holidan xabar olib, ularga Yangi yil sovg‘alari hamda samimiy tilaklarini bildirdi.

Uchrashuv davomida viloyat rahbari bemorlarning tezroq sog‘ayib, o‘z oilalari bag‘riga qaytishi uchun davolanish jarayonini sifatli tashkil etish, zarur tibbiy xizmatlar va qulay shart-sharoitlarni yaratish muhimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Termiz shahrida “Yagona ijtimoiy reestr”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga ham bayram sovg‘alari yetkazib berildi. Yangi yil arafasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tadbirlar bolajonlar qalbiga quvonch, ularning ota-onalariga esa ishonch va umid baxsh etib, jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun