“Kitobxon ustoz–shogird”

Date:

Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ustoz–shogirdlik an’analarini mustahkamlash maqsadida universitet yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan“Kitobxon ustoz–shogird” tanlovining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda universitetning turli kafedralaridan bo‘lgan professor-o‘qituvchilar o‘z shogirdlari bilan birgalikda faol ishtirok etdilar. Har bir jamoa 1 nafar ustoz va 5 nafar shogirddan iborat bo‘lib, ishtirokchilar belgilangan adabiyotlar — Den Braun tomonidan yozilgan “Da Vinchi siri”, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” hamda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarlari asosida o‘z bilimlari, tahliliy fikrlash va mushohada yuritish qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Tanlov jarayonida jamoalar o‘rtasida asar mazmuni, qahramonlar xarakteri va ruhiy kechinmalari, shuningdek, asarlarda ko‘tarilgan ijtimoiy-falsafiy masalalar yuzasidan qizg‘in va bahs-munozaralarga boy savol-javoblar o‘tkazildi.

Tanlov yakunida faol va bilimli jamoalar g‘olib deb topilib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TAXIATOSH SURXONDARYO TAJRIBASI ASOSIDA RIVOJLANTIRILMOQDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy...

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....
KunTun
KunTun