Ta’limda psixoemotsional muhit

Date:

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 31-oktyabrdagi 415-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixoemotsional muammolarning oldini olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Termiz shahridagi 26-maktabda bo‘lib o‘tgan seminarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 150 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari hamda psixolog shtati mavjud bo‘lmagan muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida psixologlarning kasbiy malakasini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom psixoemotsional muhitni shakllantirish va bolalarning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi. Sho‘ba mashg‘ulotlarida korreksiya, diagnostika, art-terapiya, stressga bardoshlilik, ota-onalar bilan hamkorlik hamda inklyuziv ta’lim yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar yakunida faol ishtirok etgan trener-psixologlar viloyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun