Sarpolari yarashgan toʻybolalar

Date:

Denov tumanida ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalarning 17 nafar farzandiga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi.

To‘y tantanasida Denov tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ilhom Safarov ishtirok etib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidladi.

Shuningdek, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan tabriklab, bolajonlarning kelajakda yurt ravnaqi va vatan manfaati yo‘lida fidoyi insonlar bo‘lishini tiladi. Yangi yil bayrami arafasida saxovatpesha inson tadbirkor Adhamjon Maqsudov tomonidan o‘tkazilgan toʻy – ko‘mak berish, mehr-saxovat ko‘rsatishdek xayrli ishlarining bir namunasi bo‘ldi.

Sunnat to‘yi to‘kin dasturxon, o‘ziga xos milliy an’analarimiz asosida o‘tkazilganligi bolajonlar, ularning ota-onalari qalbiga quvonch hadya etdi. To‘ybolalarga turli o‘yinchoqlar, shirinliklar hamda sarpolar sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun