Termiz shahrida harakatlanishda vaqtincha qiyinchilikka duch kelgan shaxslar, reabilitatsiya davridagi bemorlar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida ortopedik jihozlarni vaqtincha ijaraga berish tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda aravacha, qo‘ltiqtayoq, yurishga mo‘ljallangan moslamalar kabi jihozlarni belgilangan tartibda vaqtincha olish mumkin. Ushbu tashabbus aholining tibbiy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, reabilitatsiya jarayonini yengillashtirish va fuqarolarga harakat erkinligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, bu xizmat jamiyatning zaif qatlamlari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratib, ularning ijtimoiy hayotga faolroq qo‘shilishiga yordam beradi.

