“Teach for Uzbekistan” faoliyati o‘rganildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining konsultanti Nozimaxon Davletova Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Teach for Uzbekistan” dasturi doirasida umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif jarayonida maktablarda ta’lim sifati, zamonaviy o‘qitish uslublarining joriy etilishi, xususan, STEAM fanlari bo‘yicha darslarning tashkil etilishi hamda yosh mutaxassislarning ta’lim jarayonidagi faol ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, “Teach for Uzbekistan” dasturi Surxondaryo viloyatining Muzrabot, Qiziriq va Termiz tumanlaridagi ta’lim muassasalariga mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘qituvchi sifatida jalb etish orqali maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun