Teatr ijodkorlarimiz Tojikistonda

Date:

Abulqosim Loxutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama teatrida Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan buyuk nemis dramaturgi Fridrix Shiller qalamiga mansub “Makr va muhabbat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Mazkur ijodiy tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, teatr san’ati orqali do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Spektaklda insoniy tuyg‘ular, muhabbat va vijdon, adolat hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar chuqur badiiy ifoda etildi.

Tomosha davomida sahna madaniyati, aktyorlar ijrosi va rejissorlik yechimlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mezbon san’at ixlosmandlari spektaklni iliq qarshi olib, ijodiy jamoaga yuksak baho berishdi.

Tadbir yakunida teatr rahbariyati va ijodkorlar o‘rtasida fikr almashilib, kelgusida o‘zaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur spektakl namoyishi Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodiy jamoasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, milliy teatr san’atimizni keng targ‘ib etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...

Bag‘rikenglik — kundalik hayotimiz mezoni

Bugun dunyo murakkab siyosiy jarayonlar, geosiyosiy ziddiyatlar, qurolli mojarolar...

560 million dollarlik kelishuvga erishildi

Xalqaro hamkorlik va xorijiy investitsiyalar hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi...

Jadidlar merosini o‘rgangan yoshlar bellashdi

Jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, millat ravnaqi va taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatini...
KunTun
KunTun