Amaliy tushunchalar berildi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan yong‘in va gaz bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda.

Xususan, tuman FVB xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari bilan ijtimoiy soha obyektlari, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, shuningdek, ko‘p qavatli uylar va aholi xonadonlarida fuqarolarga is gazi, gaz-havo aralashmasi va yong‘in xavflarining oldini olish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Profilaktika tadbirlarida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, qish mavsumida isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari batafsil tushuntirilmoqda.

Mazkur targ‘ibotlar aholining xavfsizlik borasidagi xabardorligini oshirish, is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish va yong‘in xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun