Zinkaning ahvoli qanday?

Date:

Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida topib olingan noyob qo‘ng‘ir ayiq bolasi Zinka bugun sog‘lom va quvnoq holda voyaga yetmoqda. 2023-yil 24-yanvar kuni ekologiya xodimlari reyd davomida onasidan ajralib qolgan 6–7 oylik ayiq bolasi topib olinib, qutqarilgan edi.

Maxsus transport orqali Toshkent hayvonot bog‘iga yetkazilgan ayiqchaga Zinka deb nom berildi. Hayvonot bog‘i reabilitatsiya markazining tajribali veterinar vrachlari tomonidan unga doimiy parvarish, tibbiy nazorat va zarur profilaktika ishlari olib borildi.

Bugungi kunda Zinka hayvonot bog‘ining eng sevimli jonivorlaridan biriga aylangan. U xodimlar bilan tezda do‘stlashib, tashrif buyuruvchilar, ayniqsa bolalar e’tiborini tortmoqda. Hozirda Zinka 3 yoshga yaqinlashib, balog‘atga yetish arafasida. Mazkur voqea tabiatni muhofaza qilish, noyob hayvonlarni asrash va ularga mehr bilan munosabatda bo‘lish naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun