O‘shda Navoiy haykali qad rostladi

Date:

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haykal Qurmandjan Datka va Navoiy ko‘chalari kesishgan joyda o‘rnatildi.

Tadbirda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, O‘sh shahar hokimi Jenishbek Toktorbayev hamda Qirg‘izistonning yuqori vakillari va shahar aholisi ishtirok etdi.

O‘shda Alisher Navoiy nomini olgan dam olish bog‘i, maktab va ko‘cha faoliyat yuritib kelmoqda. Haykal ochilishi Qirg‘iz va O‘zbekiston xalqlari do‘stligi va madaniy merosga bo‘lgan hurmat ramzi sifatida baholandi.

Oldingi sahifaFiribgar fosh etildi
Keyingi sahifa450 tup daraxt ekildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...
KunTun
KunTun