Ko‘prik qachon bitadi?

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida qariyb bir asrlik tarixga ega, ko‘p yillardan buyon aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelgan Zang kanali ustidagi eski ko‘prik buzilib, uning o‘rnida zamonaviy, mustahkam va keng yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Aholi kundalik qatnovda keng foydalanadigan ushbu ko‘prikning yaroqsiz holga kelgani oxirgi yillarda xavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy muammolar tug‘dirayotgandi.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan loyihalash ishlari yakunlanib, qurilish jarayoni jadallashtirilgan tartibda olib borilmoqda. Eng e’tiborli jihati — yangi ko‘prik joriy yilning 31-dekabriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Yangi ko‘prik loyihasida mustahkam temir-beton konstruksiya, kengaytirilgan yo‘l qoplamasi, ikkala tomonda piyodalar yo‘laklari va zamonaviy yoritish tizimi kabi qulayliklar aks etgan. Inshootning barpo etilishi Jarqo‘rg‘on tumanida transport harakatini yengillashtirib, “Dam” mahallasi va yaqin hududlar aholisi uchun muhim qulaylik yaratishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun