“O‘zbekiston—Rossiya”: Hukumatlararo 26-yig‘ilish

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov hamraisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari hamda hududlari rahbarlari, xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmining o‘sishi qayd etilib, asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, jumladan, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va sog‘liqni saqlash sohalari, farmatsevtika ishlab chiqarishini mahalliylashtirish, dori-darmonlar yetkazib berish hajmlarini oshirish hamda qo‘shma dasturlar orqali malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Savdo va xizmatlar sohasini rivojlantirish, turizm loyihalari, gumanitar, ilmiy va ta’lim almashinuvi, shuningdek, O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida Bayonnoma, 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan hududlararo hamkorlik “Yo‘l xaritasi”, 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan Boshqirdiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik rejasi, shuningdek, Rossiya Kichik va o‘rta biznes korporatsiyasi hamda O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi o‘rtasidagi memorandum imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun