45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Date:

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida yangi ko‘prik barpo etildi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Uzunligi 45 metr, eni 3,6 metr, yer sathidan balandligi esa 5,8 metr bo‘lgan mazkur inshoot mahalla aholisi tashabbusi va hashar yo‘li orqali bunyod etildi.

Ilgari ushbu hududda yog‘och va sim ustunlaridan iborat bo‘lgan muvaqqat ko‘prikdan foydalanilgani bois, avtomashinalarning daryoning narigi sohasiga harakatlanishi qiyinchilik tug‘dirar, ayniqsa yoshi ulug‘ fuqarolar hamda bolajonlar daryodan o‘tishda qiynalishar edi.

Yangi ko‘prikning barpo etilishida mahallaning 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari bir tanu bir jon bo‘lib ishtirok etdilar. Yuqori jipslik va hamjihatlik bilan amalga oshirilgan bu xayrli ish aholi uchun katta qulaylik yaratdi.

Ko‘prikning ishga tushirilishi ichki yo‘llarda harakat oqimini yengillashtirib, daryo orqali o‘tishni mutlaqo xavfsiz va qulay qildi. — “Mahalladoshlarimizning quvonchi cheksiz. Yillar davomida aholi orzu qilib kelgan inshoot nihoyat barpo etildi. Bu tashabbusda barcha fuqarolarning hissasi beqiyos,” — deya ta’kidlaydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Saydullo Salomov.

Shuningdek, ushbu yangi ko‘prikning foydalanishga topshirilishi maktab va bog‘chaga qatnov qulaylashdi, tez tibbiy yordam va boshqa xizmat mashinalarining kirib borishi osonlashdi, tadbirkorlik subyektlari va fermerlar mahsulotini tashish imkoniyati kengayadi, aholi uchun xavfsiz piyoda va transport o‘tish yo‘li barqaror ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun