“Eng yaxshi ixtiro” ragʻbatlantiriladi

Date:

2026-yildan boshlab intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator yangiliklar joriy etiladi. Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan intellektual mulk obyektlariga oid patent va guvohnomalar dublikatlarini olish jarayoni to‘lov asosida to‘liq onlayn shaklga o‘tkaziladi.

Shuningdek, sohaga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislarni taqdirlash maqsadida “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bu nishon 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida, 2029/2030-o‘quv yiliga qadar esa kamida to‘rtta oliy ta’lim muassasasida topshirila boshlaydi.

2026-yildan har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi. Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblariga mos ravishda BHMning 150, 125 va 100 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun