Mehr va umid nurlari ila

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 122-maktab internatida Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir har bir ishtirokchining qalbiga iliqlik, mehr va umid nurlarini olib kirdi. Maktab zalidagi quvonchli shovqin, bolalarning beg‘ubor tabassumi va sahna ortidan sezilib turgan orzular bu kunning o‘ziga xos ruhini yanada mustahkamladi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev o‘quvchilar va ustozlarni samimiy tabriklab, ularning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmati va ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida iliq so‘zlar aytdi.

Sahnaga chiqqan har bir o‘quvchi va o‘qituvchi o‘z iste’dodi — qo‘shiq, she’r yoki kichik sahna ko‘rinishi orqali tomoshabinlarga ilhom ulashdi. Mayin kuylar ostida jo‘sh urgan mehr, mehr-oqibatning inson hayotidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor yodga soldi.

Bu tadbir har bir qalbda mehr-muruvvat chirog‘ini yanada yorqinroq yoqqan, insoniylik fazilatlarini ulug‘lagan samimiy bayram bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun