Sportchilarimiz “Prezident Olimpiadasi”ga yo‘l oldi

Date:

Termiz Temir yo‘l vokzalida “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan surxondaryolik yosh sportchilar va ularning murabbiylarini tantanali ravishda kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar ishtirokchilarga mas’uliyatli bahslarda omad tilab, yurt sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdilar. Shuningdek, mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va zamonaviy infratuzilmalar haqida fikr bildirildi.

“Prezident Olimpiadasi” dasturi orqali 10 ta sport turidan saralab olingan 188 nafar iqtidorli yosh sportchilar Respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladilar. 

Sportchilarimizga ushbu nufuzli musobaqada zafarlar tilaymiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun