Majburiy xizmat haqi – qonunga zid

Date:

Raqobat qo‘mitasi ayrim kafe va restoranlarda taom narxidan tashqari 15–20 foizgacha majburiy xizmat haqi undirilayotgani, hatto ba’zi joylarda oldindan depozit talab qilinayotgani bo‘yicha iste’molchilardan ko‘plab murojaatlar tushayotganini ma’lum qildi.

Qo‘mita “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablarini eslatib, quyidagilarni ta’kidladi:

– iste’molchi taqdim etilayotgan xizmat haqida to‘liq va aniq ma’lumot olishga, uni erkin tanlashga haqli;

– ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq undirish taqiqlanadi;

– mijozni qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga majburlash mumkin emas.

Shu bois, umumiy ovqatlanish korxonalari mijozlarga o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyatini yaratishi, taom narxlari va xizmat ko‘rsatish shartlarini oldindan ochiq ko‘rsatishi shart. Raqobat qo‘mitasi majburiy qo‘shimcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tadbirkorlarni ogohlantirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun