Surxondaryo-Krasnoyarsk: hamkorlik kengaytiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Krasnoyarsk o‘lkasidan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida izchil rivojlanib borayotgan strategik sheriklik hamda hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy soha, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm yo‘nalishlaridagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ishbilarmonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish va tajriba almashishni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun