Mehmon

Date:

Bir kishi ulugʻ martabali odamdan qarz olib, oʻz vaqtida qaytara olmadi. Nihoyat, pul egasi qarzdordan pulini undirib olishni xizmatchisiga havola qildi.

Xizmatchi qarzdorning uyiga bordi, unga qattiq-qattiq soʻzlar aytib, amaldordan olgan pulni darhol chiqarib berishni soʻradi. Qarzdor u xizmatchiga:

— Meni xojang yoniga olib bor, unga aytadigan maxsus soʻzim bor,— deb qayta-qayta oʻtindi. Uning yigʻlamsirab, zorlanib oʻtinishi bagʻritosh xizmatchining ham koʻngliga ta’sir qilib, hojasi huzuriga olib keldi.

Amaldor bir qancha kishilar bilan oʻtirib osh yeyishda mashgʻul edi. Xizmatchi u qarzdorni amaldorga koʻrsatib:

— Bu kishidan pulingizni darhol chiqarib berishini soʻrab qattiq muomala qilgan edim, koʻp tavba-tazarru qilib, sizning yoningizga olib kelishimni oʻtindi, rahmim kelib olib keldim. Endi nima qilsangiz oʻzingiz bilasiz,— dedi.

Amaldor xizmatchini ham, qarzdorni ham oshga taklif qildi. Ular ham ovqatlanishga mashgʻul boʻldilar. Ovqatdan keyin amaldor haligi xizmatchiga:

— Bu qarzdor endi mening mehmonim boʻldi. Aziz mehmonimdan pulimni talab qilishim muruvvatdan emas. Bu bechora odam muhtojlik ichida qolgani uchun pulimni keltirib berishga qodir boʻla olmagan. Uning shunday holda ekanini oldinroq bilgani boʻlsaydım, seni uning yoniga yubormasdim. Endi men u pulimdan voz kechdim, aziz mehmonimning oʻziga bagʻishladim. Bundan keyin bu mehmonimning uyiga borib, uning koʻnglini ogʻritma,— dedi.

Qarzdor mehmonning koʻnglini koʻtarib, in’om-ehson qilib, izzat-hurmatini bajo keltirib, uyiga qaytishiga ruxsat berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun