Yer va mulk huquqlari qonuniylashtirildi

Date:

Surxondaryo viloyatida fuqarolarning yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonuniylashtirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining bo‘lib o‘tgan sessiyasida mazkur masala ko‘rib chiqilib, 1 255 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ulardagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari rasman e’tirof etildi.

Qaror natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulk huquqlari mustahkamlanib, mulkiy va merosga doir nizolarning oldi olinmoqda, aholining huquqiy himoyasi va ijtimoiy kayfiyati yanada yaxshilanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha viloyatda 2 222 nafar fuqaroning yer va mulkka doir huquqlari tan olingan bo‘lib, ushbu qarordan so‘ng umumiy ko‘rsatkich 3 477 nafarga yetdi. Hududda yer va mulk huquqlarini tartibga solish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...
KunTun
KunTun