Prezident tashabbusini YUNESKO qo‘llab-quvvatladi

Date:

Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishicha, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tashkilot tarixidagi muhim va olamshumul voqea bo‘ldi. Ma’lumki, YUNESKOga jahonning 194 ta davlati a’zo.
E’tiborli jihati, YUNESKO Bosh konferensiyasining sessiyasi 1985-yildan beri, ya’ni 40 yil deganda ilk marotaba Parijdan tashqarida o‘tkazildi. Bunga sabab, tashkilotga a’zo davlatlardan hech biri bu vaqt oralig‘ida mazkur tadbirni o‘z hududida o‘tkazish taklifini bildirmagan. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi, shunday nufuzli tashkilotning o‘ta mas’uliyatli tadbirini yurtimizda o‘tkazish taklifi tahsinga sazovor, albatta.
Davlatimiz rahbari ushbu tarixiy voqeaga munosabat bildirar ekan, mintaqamizda birinchi marotaba o‘tkaziladigan bunday global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qilishiga ishonishini, o‘z navbatida, O‘zbekiston bo‘lajak sessiyani yuksak saviyada tashkillashtirish va o‘tkazish uchun barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martida qabul qilingan “2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi oxirgi qismida:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda — Sessiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyatini, shuningdek, O‘zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganligini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ‘ibaot-tashviqot ishlarini tashkil etsin”, deb belgilangan bo‘lsa;
Qarorning 10-bandida;
“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradio-kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Sessiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati hamda ushbu qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin”, deb belgilangan. Sababi, dunyoning nigohi O‘zbekistonga — Samarqandga qaratiladi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, aynan, ana shu sessiyada YUNESKOning navbatdagi muddatda, yangi Bosh direktori saylandi.
YUNESKO Nizomining birinchi bandida shunday deb yozib qo‘yilgan: “Urush haqidagi fikr odamlarning ongida tug‘iladi, binobarin, insoniyat tafakkurida tinchlikni yoqlash g‘oyalarini ildiz ottirmoq lozim”. Zotan, ikkinchi jahon urushi olovining tafti hali bosilmagan olis 1945-yilning 16-noyabrida tuzilgan YUNESKO tashkiloti o‘shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo‘lida samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bu yo‘lda YUNESKOning asosiy quroli ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati erishgan yutuqlarini dunyo bo‘ylab yoyishdan iborat bo‘ldi. YUNESKOning dasturiy g‘oyalarida ham inson qadri, erki, yashash, ta’lim olish, madaniy boyliklardan bahramand bo‘lish huquqi birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Bu tashkilot dunyoviy madaniyat konsepsiyasi orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qilmoqda.
Insoniyat irqi, millati, maslagidan qat’i nazar, doimo ajdodlari qoldirgan madaniy boyliklar, qadriyatlar, urf-odatlariga buyuk hurmat bilan qarab kelgan. Ularni asrab-avaylash, kelgusi avlodga ham beshikast yetkazish uchun qayg‘urgan. Biroq bugungi zamonda ma’naviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli mojarolarga barham berish, tinchlik va totuvlikni qaror toptirish, taraqqiyot mevalari bo‘lmish madaniy meros, osori atiqalar, urf-odatlarini asrash, dunyo xalqlariga ma’rifat ulashish, ular ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand bo‘lishiga erishish zarur.
Aytish joizki, O‘zbekiston insoniyat tarixida turfa din va madaniyatga mansub xalqlarga tinch va birgalikda yashayotgan yurt sifatida noyob xususiyat va tajribaga ega. Bugungi kunda bosh maqsadimiz to‘rtta vazifani amalga oshirish bilan bog‘liqdir: vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi, kelajak avlodning baxt-saodatidir.
Dunyoni madaniyat, ma’naviyat, tinchlik va mehr birlashtiradi, saqlaydi. Bu borada “Yer yuzining sayqali” bo‘lmish Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKOning oliy anjumani tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan yozildi!

Shomat SAMATOV,
TerDU professori,
falsafa fanlari doktori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...

Siz bahorning o‘zisiz — Ustoz

Men bahor faslini yoqtiraman. Chunki ustozim — yuragimdagi eng...

Majburiyatni bilasizmi?

Ko‘pchilik sog‘lig‘iga faqat kasallik alomatlari sezilganda, e’tibor beradi. Aslida...
KunTun
KunTun