Milliy g‘urur va birliktantanasi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida yurtimiz ramzlari, ayniqsa, bayrog‘imizning qadri va ahamiyatini ulug‘lovchi “Bayroq estafetasi” katta shukuh va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirning bosh g‘oyasi — “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida xalqimiz qalbida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bugun o‘ziga xos
bayram maydoniga aylandi. Bayrog‘imiz hilpirab, u vohadosh-larimiz qalbida faxr, oriyat va mehr tuyg‘ularini uyg‘otdi. Estafetada bayroq bilan yurish, uni baland ko‘tarib yurish xalqimiz uchun shunchaki ramziy harakat emas, balki millat iftixori va mustaqillik timsolini e’zozlash ifodasi bo‘ldi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlardan tortib, shahrimizning barcha keng jamoatchiligi faol ishtirok etdi. Estafeta ishtirokchilari otlarda, avtomashinalarda va piyoda holatda shahar ko‘chalari bo‘ylab yurib, qo‘llarida bayrog‘imizni baland hilpiratgancha viqor ila olib yurdilar.
Har bir qatnashchi yurakdan his qilgan milliy faxrni boshqalar bilan bo‘lishdi. Ko‘chalarda qo‘shiq, shiorlar, bayramona kuylar yangradi. Termiz ahli bu kunni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonladi.
— Bugun ko‘chada bayrog‘imizni hilpiratgan yoshlarni ko‘rib, ko‘zlarimga yosh keldi, — deydi Termiz shahridagi 2-maktab o‘qituvchisi Shoira Ergasheva. — Bu avlod Vatanini sevadi, bayrog‘ini qadrlaydi. Bayroq – bizni yagona millat sifatida birlashtiruvchi kuchdir.
Bayroqdorlar safi tobora oshib bordi. Ko‘plab fuqarolar o‘z ixtiyori bilan estafetaga qo‘shilib, bu jo‘shqinlikni yanada oshirdi. Ular musiqalar, shiorlar, milliy bayramona liboslar bilan shahar ko‘chalarini bezatishdi. Bayroqni ko‘targan bolalarning beg‘ubor quvonchi, keksalarning faxrli nigohi — barchasi bir maqsad, bir g‘oya atrofida birlashgan xalq manzarasini gavdalantirdi.
— Bayroq – mening orzularim, kelajagim, erkinligim timsoli. Bugun biz yoshlar bu bayroq ostida birlashib, Vatanimiz sha’nini yanada yuksaltirishga va’da berdik, — deydi talaba Firdavs Normurodov.
Termiz shahrida o‘tgan “Bayroq estafetasi” — bu shunchaki tantanali tadbir emas, balki milliy o‘zlik, g‘urur va Vatanga sadoqat bayrami bo‘ldi. Unda xalqimizning bayrog‘imizga bo‘lgan cheksiz hurmati, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarga faxr bilan qarashi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Davlat bayrog‘i – bu bizning o‘tgan tariximiz, bugungi faxrimiz va yorqin kelajagimiz timsolidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...

Siz bahorning o‘zisiz — Ustoz

Men bahor faslini yoqtiraman. Chunki ustozim — yuragimdagi eng...

Majburiyatni bilasizmi?

Ko‘pchilik sog‘lig‘iga faqat kasallik alomatlari sezilganda, e’tibor beradi. Aslida...
KunTun
KunTun