“Hunari bor – xor bo‘lmas”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Surxondaryo viloyat bo‘linmasi e’lon qilgan davlat granti tanlovida viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazining “Hunari bor – xor bo‘lmas” loyihasi g‘olib deb topildi.

Loyiha doirasida 5 nafar ayolning bandligini ta’minlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Sherobodlik Adolat Ostanqulovna o‘zini o‘zi band qilish uchun tikuv mashinasi, overlok va dazmol bilan ta’minlandi.

Tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning xotin-qizlar mehnat huquqlarini kafolatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda markaz tomonidan 8 mingdan ortiq ayollar 21 yo‘nalishda kasb-hunarga o‘qitilgan, bu esa ularning iqtisodiy mustaqilligini va jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun