Senat yalpi majlisida aholining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullandi. Hujjatga ko‘ra, ayrim ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish vakolati sudlardan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi.
Jumladan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarni joylashtirishda qonunbuzarliklar, vasiylik huquqini suiiste’mol qilish, nogironlar huquqlarini buzish kabi ishlar endi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonun, shuningdek, ijtimoiy himoya reyestrlariga kiritilgan oilalarga beriladigan homiylik xayriyalariga soliq solinmasligi va ayrim jamoat birlashmalari uchun davlat bojining 50 foizgacha kamaytirilishini ham nazarda tutadi.

