Ilm va inson kamoloti

Date:

 “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Hadis ilmi va inson kamoloti: Hakim at-Termiziy merosining dolzarbligi” nomli ilmiy-amaliy seminar hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy xodimlari, shuningdek, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va talabalari hamda “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Hakim at-Termiziyning boy ilmiy merosi, hadis ilmining inson kamolatidagi o‘rni hamda bugungi davr uchun mazkur merosning dolzarbligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, markaz tomonidan chop etilgan yangi ilmiy nashrlar taqdim etilib, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.

Yakunda “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari va “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Buyuk Termiziylar” rukni ostida nashr etilgan 10 ta xalqchil risolalar to‘plami “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etildi.

Oldingi sahifaEshiklar ochiq
Keyingi sahifaFaoliyati o‘rnak

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

12 ta sessiya o‘tkazildi

Viloyat Kasaba uyushmasi binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining...

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...
KunTun
KunTun